KATTAQO‘RG‘ONDA ISTIQLOL SHUKUHI

Kattaqo‘rg‘on shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35-yillik bayrami “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”shiori ostida «Do‘stlik» o‘yingohida katta xursandchilik va o‘zgacha shukuh bilan nishonlandi.

​Shahar hokimi Gavhar Alimova yig‘ilganlarni qutlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati inson qadrini ulug‘lashga qaratilganini ta’kidladi. Bayram shukronaligi hammaning qalbiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

​Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar — Otabek Muhammadzohid, O‘lmas Olloberganov, Ulug‘bek Otajonov, «Benom» guruhi hamda shahar madaniyat xodimlarining diltortar kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilarga unutilmas bayramona kayfiyat ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan