Mustaqillik shukuhi: Kattaqo‘rg‘onda mehr-muruvvat tadbiri o‘tkazildi

Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35-yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan shahrimizda ham turli tadbirlar va xayrli sa’y-harakatlar boshlab yuborildi.

​Bugun shahar Istirohat bog‘ida tashkil etilgan ana shunday fayzli tadbirga ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan hamshaharlarimiz mehmon qilindi.

Saxovat va shukronalik ruhida o‘tgan bayram dasturxoni atrofida shahar hokimi Gavhar Alimova, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shahar hokimi yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib, yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotgani, mehr-oqibat va saxovat qadriyatlarimiz yanada yashnayotganini ta’kidladi.

Samimiy tarzda o‘tgan tadbirda yangragan ajoyib kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ishtirokchilarni raqsga chorladi.

Bayram shukuhiga to‘la tadbirlar davom etmoqda!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan