“DOLZARB 40 KUNLIK” AMALDA: “Kunjupay” mahallasida obodonlashtirish ishlari o’rganildi
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida shahrimizning “Kunjupay” mahallasida bo‘lib, hududda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari ijrosini borishini ko‘zdan kechirdi. Bugungi o’rganishlar davomida aholi bilan hamjihatlikda amalga oshirilayotgan tozalik va obodonlashtirish ishlari ko’rildi.
O‘rganishlar davomida ushbu mahallada mavjud kamchiliklar va amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida mahalla ko‘chalari, aholi xonadonlarida ozodalikni saqlash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini yana-da jadallashtirish yuzasidan masʼullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.
Shahrimizning har bir mahallasida obodonchilik va tozalik tadbirlari izchil davom etadi.









