Shaxsiy qabul
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi binosida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova va hokim o‘rinbosari – oila va xotin — qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova tomonidan reja grafik bo‘yicha shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabulda, 10 nafardan ortiq fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolardan ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, moddiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy nafaqa, davolanish va boshqa masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolgan murojaatlar mutasaddi xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.









