Yosh maslahatchilarga tavsiyanomalar topshirildi
Shahrimizdagi Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etib, yangi tayinlangan “Kelajak” markazi direktori Doston Ochilovga hamda masʼuliyatli vazifani bajarishga kirishgan maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni topshirdi
va ularning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Shuningdek, tadbir davomida marosimda qatnashgan taʼlim muassasalari rahbarlariga maktab maslahatchilarining samarali faoliyat yuritishi uchun yaqindan amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berib o‘tildi.
Yangi tashabbus va yosh kadrlar faoliyati shahrimiz taʼlim tizimi rivojiga yana-da katta hissa qo‘shishi shubhasiz.









