Yosh maslahatchilarga tavsiyanomalar  topshirildi

Shahrimizdagi Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

​Unda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etib, yangi tayinlangan “Kelajak” markazi direktori Doston Ochilovga hamda masʼuliyatli vazifani bajarishga kirishgan maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni  topshirdi
va ularning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
​

Shuningdek, tadbir davomida marosimda qatnashgan taʼlim muassasalari rahbarlariga maktab maslahatchilarining samarali faoliyat yuritishi uchun yaqindan amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berib o‘tildi.

​Yangi tashabbus va yosh kadrlar faoliyati shahrimiz taʼlim tizimi rivojiga yana-da katta hissa qo‘shishi shubhasiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan