“DOLZARB 40 KUNLIK” AMALDA: “G‘arb-machit”da umumiy hovlilar obodligi eʼtiborda

 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida bugun erta tongda shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida “G‘arb-machit” mahallasida bo‘lib, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari ijrosini ko‘zdan kechirdi. Asosiy eʼtibor mahalladagi umumiy hovlilar ahvoli, ularda yashovchi aholi muammolari va hududning tozalik holatiga qaratildi.

O‘rganishlar davomida mavjud kamchiliklar va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha tahlil qilindi.

Shahar hokimi umumiy hovlilarda istiqomat qiluvchi fuqarolar turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani tartibga keltirish va “Obod xonadon” tajribasini keng ommalashtirish bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.

O‘rganish yakunida mahalla ko‘chalari, yo‘l chetalari hamda aholi xonadonlarida ozodalikni saqlash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini yana-da jadallashtirish yuzasidan masʼullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Shahrimizning har bir mahallasida obodonchilik va tozalik tadbirlari izchil davom etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan