OILA MUSTAHKAMLIGI YO‘LIDA

Kattaqo‘rg‘on shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “Oila maskani”da nikohdan o‘tish uchun ariza bergan yoshlar ishtirokida «Yoshlar kuni» munosabati bilan hamda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida an’anaviy o‘quv kursi tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar tomonidan oila muqaddasligi, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasi, oilaviy salomatlik, huquqiy va ma’naviy mas’uliyatlar yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.

Mazkur kurslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qarori asosida tashkil etilib, yoshlarni mustahkam va farovon oila qurishga tayyorlashga xizmat qiladi.


O‘quv mashg‘ulotlarida berilgan bilim va tavsiyalar yosh oilalarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan