Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida AQShning “UUEA” kompaniyasi vakillari ishtirokida mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda shahar hokimi Gavhar Alimova, shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida “UUEA” kompaniyasi vakillari o‘z faoliyati, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy bozorlarga chiqish va investitsiyalar jalb etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar.
Ayniqsa, shahardagi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ichimlik suvi va suv xo‘jaligi sohasi vakillari, qishloq xo‘jaligi hamda agrobiznes yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun yangi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.









