YOSH OILA QURUVCHILARGA  SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Shahrimizdagi “Oila maskani”da nikohlanuvchi yoshlar uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur kurslar davomida soha mutaxassislari va masʼullar tomonidan bo‘lajak kelin-kuyovlarga oila mustahkamligini taʼminlash, oilaviy munosabatlarning psixologik jihatlari, huquq va majburiyatlar hamda oila qonunchiligi asoslari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib borilmoqda.

Navbatdagi mashg‘ulotlarda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidovalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘z olgan rahbarlar oila muqaddas dargoh ekanligini, uni asrab-avaylash har ikki tomonga birdek masʼuliyat yuklashini alohida taʼkidladilar.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir yakunida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yosh oilalarga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan