Kattaqo’rg’on shahrida Qurbon hayiti bayrami arafasida «Vaqf» fondi tomonidan mehr va saxovat ulashildi

Qurbon hayiti bayrami arafasida yurtimizda mehr-oqibat, saxovat va inson qadri ulug‘lanayotgan ezgu kunlar yanada keng quloch yozmoqda.

Prezidentimizning 2026-yil 21-maydagi “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-196 son Qarori asosida joylarda keng ko‘lamli xayriya va ko‘mak tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shahardagi 525 ta davlat ta’minotidagi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Har bir eshik qoqilishi ortida mehr, har bir uzatilgan saxovat ortida inson qadri mujassam.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan