RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Kattaqo’rg’on shahar 3-son texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, hozirda ko’payib borayotgan giyohvandlik va narkojinoyatlar, psixotrop moddalar, ularni turli salbiy illatlaridan ogoh etish hamda kelajakda ongli, bilimli va mas’uliyatli shaxs sifatida kamol topishlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

🇺🇿Uchrashuvda Kattaqo’rg’on shahar IIB boshlig‘i o’rinbosari mayor M. Do’stmurodov, Kattaqo’rg’on shahar IIB Katta inspektori kapitan Sh.I.Mahmudovlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini oshirish borasida tavsiyalar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va tushunarli javoblar oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan