Futbol
Shahrimizning «Doʻstlik» oʻyingohida oʻtkazilayotgan futbol oʻyinlarini kattaqoʻrgʻonlik futbol muxlislari kuchli zavq bilan kuzatib kelishmoqda. Ayniqsa bu musobaqalar futbolni ommalashtirish, yoshlarimiz ichidan iqtidorlarni aniqlash va ushbu sportni rivojlantirishda muhim boʻlmoqda.
⚽️ Bugun ham «Doʻstlik» oʻyingohida futbol bo’yicha 2 liganing 1-tur o’yinlari doirasida shahrimizning Doʻstlik va Samarqandning Sherdor futbol klublari uchrashuvi oʻtkazildi.
⚡️Musobaqa boshlanishidan avval shahar hokimi Gavhar Alimova soʻzga chiqib, mamlakatimizda, jumladan Kattaqoʻrgʻon shahrida sportga va sportchi yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib, jamoalarga omad tiladi.
⚡️Qizgʻin bahslar bilan oʻtkazilgan shahrimizning Doʻstlik va Samarqandning Sherdor futbol klublari oʻrtasidagi uchrashuvda 2-2 durrang natija qayd etildi.
Shahrimiz futbol jamoasiga keyingi o’yinlarda omad tilab qolamiz!









