Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

TIBBIYOT TEXNIKUMIDA XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI

Xotira shunday ruhiy-maʼnaviy qudrat-ki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyatdir.

🔹Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda shahar hokimligi va keng jamoatchilik vakillari, texnikum rahbariyati, uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan faxriy o‘qituvchilar va yoshi ulug‘ ustoz-murabbiylar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

🔹Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova bu kabi tadbirlar yurtimizda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarga hamohang tarzda bo‘lib o‘tayotganligini, insoniyat yashar ekan xotira abadiy va qadr muqaddas ekanligini taʼkidladi.

🎵Tadbir davomida shahar madaniyat bo‘limining musiqiy chiqishlari hamda texnikum o‘quvchilarining sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.