Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!
Bugun Kattaqo’rg’on shahar hokimligi tomonidan Kattaqo’rg’on garnizonida joylashgan harbiy qism qo’mondonligi bilan hamkorlikda shahardagi korxona- muassasalar xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi va SamDU Kattaqo’rg’on filiali talaba yoshlari ishtirokida erta tongdan «Sog’lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida marafon bo’lib o’tdi.
⚡️Marafon Kattaqoʻrgʻon darvozasi oldidan harbiy orkestrning tantanali sadolari ostida start olib, harbiy qismga qadar davom etdi. Tadbir harbiy qusmda ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlari bilan davom etdi.









