Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

100 YOSHLI FAXRIY ZIYORAT QILINDI

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, urush va mehnat faxriylariga, Vatan himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga ehtirom ko‘rsatish, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lganlar xotirasini ulug‘lash oliyjanob qadriyatga aylangan.

⚡️Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar Nuroniy jamg‘armasi va Mudofaa ishlari bo‘limi vakillari hamrohligida “Damariq” mahallasida istiqomat qilayotgan 100 yoshli front orti mehnat faxriysi Hamidullo Bobomurodovning xonadonida bo‘lishdi.

⚡️Shahar hokimi keksa faxriy Hamidullo Bobomurodovni bayram bilan muborakbod etib, u kishiga Prezidentimiz qarori bilan ta’sis etilgan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” yubiley medalini hamda bir martalik pul mukofotini tantanali topshirdi.

Hamidullo bobo yurtimiz tinchligini, xalqimiz farovonligini va yoshlarimizni baxtu saodatini tilab duo qildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.