ZULFIYA NOMIDAGI MUKOFOT: VILOYAT YOʻLLANMASI KIMGA NASIB ETDI?

Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika institutida iqtidorli, izlanuvchan va tashabbuskor xotin-qizlar ishtirokidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining shahar bosqichi yuqori kayfiyatda oʻtdi.

Tanlovni Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh. Kuchkarova ochib berib, tanlovning ahamiyati va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdagi oʻrni haqida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng fan, taʼlim, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport va jamoatchilik sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan yosh isteʼdodlar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Bellashuvlar yakuniga koʻra, eng iqtidorli qizlar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda ham omad va zafarlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan