ÖZBEKISTON QAHRAMONI — EL-YURT HURMATIGA SAZOVOR INSON

Insonning hayotdagi eng katta boyligi — el işonçini qozoniş, xalq xizmatida umrguzaronlik qiliş va ezgu işlari bilan avlodlar xotirasida qolişdir. Özbekiston Qahramoni Hasan Normurodovning hayot yöli ana şunday fidoyilik va sadoqat namunasidir.

Hasan Norbekoviç Normurodov 1939-yil 16-noyabrda Kattaqörğon tumanidagi Kiçik Körpa qişlöğida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayot yöli yoşlikdanoq mehnatga, ilmga va xalq xizmatiga bölgan intiliş bilan boşlangan. Kattaqörğon pedagogika bilim yurti hamda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 17 yoşidan qişloq maktabida özbek tili va adabiyoti öqituvçisi sifatida boşlagan Hasan Normurodov keyinçalik turli mas’uliyatli davlat va jamoatçilik lavozimlarida faoliyat yuritdi. U yoşlar yetakçisi, tuman yoşlar qömitasi rahbari, Kattaqörğon şahar partiya qömitasi rahbari, Narpay tumani partiya qömitasining birinçi rahbari kabi vazifalarda işladi. 1988–1995-yillarda Samarqand viloyati xalq ta’limi boşqarmasi boşlığı, 1995–2003-yillarda xalq ta’limi va fan xodimlari kasaba uyuşmasining Samarqand viloyati kengaşi raisi böldi.

2003–2020-yillarda «Nuroniy» jamğarmasi Samarqand viloyati bölimiga rahbarlik qilib, keksalarni e’zozlaş, yoş avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda munosib hissa qöşdi. 2017-yilda uning taşabbusi bilan Samarqand viloyatida 16 ta «Nuroniylar maskani» barpo etildi.

Hasan Normurodovning köp yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan yuksak e’tirof etildi. U 2008-yilda «Mehnat şuhrati», 2012-yilda «El-yurt hurmati» va «Döstlik» ordenlari bilan taqdirlandi. 2019-yilda esa mamlakatimiz taraqqiyotiga qöşgan ulkan hissasi, xalqimiz farovonligi yölidagi xizmatlari uçun unga «Özbekiston Qahramoni» oliy darajali unvoni berildi.

U hayotining sönggi yillarida, ya’ni 2020–2021-yillarda Samarqand viloyati mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşlığining örinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.

Hasan Normurodovning hayoti va faoliyati — mehnatga sadoqat, xalqqa xizmat qiliş va el işonçini oqlaşning yorqin namunasidir. Uning ezgu işlari, boy hayotiy tajribasi va ibratli umr yöli yoş avlod uçun doimo qadrli ma’naviy meros bölib qoladi.

I. UMAROV,
Özbekiston xalq ta’limi a’loçisi, mehnat faxriysi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan