Shahar hokimining harbiylar xizmatchilar oila a’zolari bilan uchrashuvi o’tkazildi!

Kuni kecha Kattaqo’rg’on garnizonida joylashgan harbiy qismda Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova, harbiy qism qo’mondonligi, tegishli mas’ullar ishtirokida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan muloqot o’tkazildi.

Tadbirda so’zga chiqqan shahar hokimi G.Alimova harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar shuningdek, mazkur harbiy qism harbiy xizmatchilari shahar ahli uchun aziz va qadrli ekanligini va har qanday ijtimoiy muammo ijobiy hal qilinishini ta’kidlab o’tdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o’zlarini qiziqtirgan hamda qiynab kelayotgan qator savollariga javob oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan