Kattaqo‘rg‘onda ommaviy axborot vositalari xodimlari e’tirof etildi
27 iyun -Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarining samarali xizmatlari yuksak baholanib, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
Kuni kecha shahar hokimligi tomonidan tashkil qilingan yoshlar festival doirasida kattaqo‘rg‘onlik bir guruh ijodkorlarning ham mehnatlari e’tirof etildi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova soha vakillarini samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi ijodlariga ulkan zafarlar tiladi. Tadbirda ijodkorlarga shahar hokimining tabriknomalari va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.







