YOSHLAR KELAJAGI YO‘LIDAGI YANA BIR MUHIM QADAM

Yoshlarning iqtidori va isteʼdodini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarda yoshlar yetakchilarining faoliyati haqida so‘z yuritdi va ularning xizmatlarini eʼtirof etdi.

Shundan so‘ng shahrimizdagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilariga 24 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasini tantanali ravishda topshirdi.

Mazkur jihozlar yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ommaviy sport musobaqalari, maʼnaviy-maʼrifiy va kitobxonlik tadbirlarini yana-da keng yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Yoshlar yetakchilari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar kelajak egalari bo‘lgan yoshlarning bilimli, faol va vatanparvar bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan