Fuqarolar murojaatlari o’rganildi

Bugun shahrimzning «Go’zalkent» mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha qabul o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, Oila va xotin- qizlar bo‘limi, Mahallar uyushmasi shahar bo‘limi, mahalla yettiligi va aholi vakillari ishtirok etishdi.

🇺🇿Mazkur qabulda dastlab, Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori, “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida” gi PF-33- sonli Farmoni mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, oila va turmush doirasida sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda yuzaga kelgan nizolar yuzasidan IIB ning 112 ishonch raqamiga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan fuqarolar bilan qabul va murojaatlar muhokamasi o‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan