Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi: Yangi rejalar belgilab olindi
Bugun, 2026-yil 2-fevral kuni 18-Yermachit saylov okrugi deputati Salimova Ozoda Yusupjonovna Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Yermachit” MFYda bo‘lib, “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda hududiy muammolarni tizimli hal etish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda erishilgan asosiy natijalar:
• Hamkorlik dasturi: 2026-yil davomida aholi muammolarini hal etish va hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
• Infratuzilmani yaxshilash: Hududning ijtimoiy holatini yaxshilash, xususan, Turkiston ko‘chasini ta’mirlash masalasini “Tashabbusli budjet” loyihasiga kiritish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga deputatlik so‘rovi yuborildi.
• Ta’lim va tarbiya: Joriy yilning 2–7-fevral kunlari mahalladagi maktab o‘quvchilarining oilaviy sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha reja tuzildi. Bunda “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda har bir xonadondagi muhit va yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
«Maqsadimiz — har bir muammoni mahallaning o‘zida, ‘yettilik’ tizimi bilan hamjihatlikda hal etish va aholi farovonligini ta’minlashdir.»
O. Salimova










