ISLOHOTLAR AMALDA
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova Respublika ishchi guruhi vakili hamda “Islohotlar shtabi” a’zolari hamrohligida shahrimizdagi bir qator ijtimoiy soha ob’ektlarida bo‘ldilar. Xususan, “Oq oltin” mahallasida bo‘lib, mahalla markazida yaratilgan sharoitlar, mahalla yettiligi tomonidan aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar, Kasbiy ko’nikmalar markazida xotin-qizlar va yoshlarni zamonaviy kasblarni egallashlarida yaratilgan sharoitrlar, hamda “Inson” ijtimoiy xizmat markazi va Tadbirkorlik markazi ko’zdan kechirildi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari Kattaqo’rg’on suv omborida tashkil etilgan Madaniyat va turizm klasterida aholi hamda turistlarning dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, bu yerda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlar o’rganildi.