MAS’ULLARGA TOPSHIRIQLAR BERILDI

Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.

Shahar hokimi yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-158-son hamda “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish, ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-9-son Farmoni ijrosi va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha Investitsiya dasturi ijrosi, Byudjetga soliq tushmlarini ta’minlash yuzasidan shahar mas’ullarining axborotini tingladi.

Shuningdek, ko‘rilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan