Mahalla tinchligi posbonlari bilan uchrashuv

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova shaharda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli qaror ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallalarda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktik suhbatlar olib borish, ayniqsa, yoshlarni turli xavf-xatarlardan asrash, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Hokim tomonidan shaharda xavfsizlikni ta’minlash va fuqarolar osoyishtaligini saqlash – har bir mas’ul shaxsning ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan