HOKIM HAYITLIK ULASHDI

Mehnatining orqasidan qadr va hurmat topish sharaf albatta.

Bugun shahar Obodonlashtirish boshqarmasining fidoyi xotin-qizlarining mehnatlarini shahar hokimi Gavhar Alimova eʼtirof etdi.

Samimiy tarzda boʻlib oʻtgan suhbat davomida shahar hokimi ularni kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan muborakbod etdi hamda shahrimiz obodligi va koʻkalamligi yoʻlidagi kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Darhaqiqat, erta tongdan, har qanday ob-havoda ham shahrimizni yanada toza va ozoda boʻlishi uchun jonbozlik koʻrsatib mehnat qilib kelayotgan bu kamtarin insonlarning xizmatlari eʼtirofga loyiq.

Oʻz navbatida boshqarma xodimlari ham bu kabi eʼtibor uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar. Kelgusida Kattaqoʻrgʻon shahrini yanada obod qilishda faollik koʻrsatib ishlashlarini taʼkidladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan