Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

IBRATLI OILALARGA KO’KRAK NIShONLARI TOPShIRILDI

Xalqaro oila kuni doirasida “Farovon oila sari” oyligi munosabati bilan shahrimizda “Ibratli oila” ko’krak nishonlarini topshirish tadbiri ko’tarinki tarzda bo’lib o’tdi.

🔹SamDU Kattaqo’rg’on filialida o’tkazilgan mazkur tantanali tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Zеbo Saidova hamda kattaqo’rg’onlik ibratli oilalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olganlar oilalar mustahkamligini ta’minlash, yurtimizda oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, mana shunday ko’krak nishonlarini topshirilayotganligi ham bu boradagi ishlarning davomi ekanligini ta’kidladilar.

⚡️Shundan so’ng o’zining uzoq yillik hayotiy tajribasi bilan har tomonlama ibrat bo’lib kеlayotgan shahrimizdagi oilalarga O’zbеkiston Rеspublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasining “Ibratli oila” ko’krak nishonlari tantanali topshirildi.