Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

MAHALLA DAVLAT VA XALQ OʻRTASIDAGI KOʻPRIK

Mahalla tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar mahallalarning qiyofasini oʻzgartirib, davlat va xalq oʻrtasidagi koʻprikka aylanishida muhim rol oʻynamoqda.

⚡️Shahar hokimining “Oq – oltin” mahallasi faollari bilan uchrashuvida bu borada mahallada qilinayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.

Shahar hokimi Gavhar Alimova keyingi yillarda “Oq-oltin” mahallasidagi bunyodkorlik, aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarni tadbirkorligini rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirar ekan, albatta, bu saʼy-harakatlar aholining farovonlikda yashashini taʼminlashga qaratilganligini taʼkidladi.

Shuningek, ushbu mahallada tomorqadan unumli foydalanayotgan, uyida issiqxona tashkil qilib oilaviy daromadini yaxshilayotgan oilalar koʻpchlikni tashkil qilishi va ularning tajribalarni ommalashtirish lozimligini bildirdi.