SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori I.Nuriddinov rahbarligida korrupsion holatlarni oldini olish, ularga birgalikda qarshi kurashishga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston»da adolatli jamiyat sari: korrupsiyasiz kelajak» mavzusidagi profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Filial direktori Sh.Urakov, direktor o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, dekanlar hamda professor-o‘qituvchilar qatnashgan yig‘ilishda korrupsiyaning oqibati, ayniqsa, taʼlim tizimida bu kabi illatga yo‘l ochilishi eng katta xiyonat ekanligi taʼkidlandi.
I.Nuriddinov Kattaqo‘rg‘on shahridagi taʼlim muassasalarida, jumladan, filialda bu borada tizimli nazorat ishlari doimiy olib borilishi, birgalikda qarshi kurashishda hamkorlik qilinishini qayd etdi.
Filial Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i E.Xudoyqulov talabaga xolis va haqqoniy baho qo‘yish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik borasida tavsiya berdi.
More Stories
“Dolzab 30 kun oyligi hamda Chorshanba yong‘inlar profilaktikasi kuni”
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi