Kattaqo‘rg‘on shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari «Eco schools» loyihasi asosida “Zarafshon” milliy bog‘ida tashkil etilgan navbatdagi amaliy seminarda ishtirok etdilar.
Tashrif davomida viloyat ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va milliy bog‘ masʼullari media-tur ishtirokchilariga mazkur milliy bog‘da keyingi paytlarda ekoturizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berdi.
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i o‘zining betakror Buxoro xonguli bug‘ulari bilan birga bebaho tabiati tufayli ham alohida eʼtiborga sazovor. Shu bois ham mazkur maskanda tez-tez sayohatlar va media-tur tadbirlari amalga oshirilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tabiatga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
More Stories
“Dolzab 30 kun oyligi hamda Chorshanba yong‘inlar profilaktikasi kuni”
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi