SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, ularni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida «Karyera kunlari» bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.
Yarmarka doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hamda Nurobod, Kattaqo’rg’on, Ishtixon, Narpay hamda Paxtachi tumanlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari bilan muloqot tashkil qilindi. Ushbu tumanlardan muassasa va tashkilotlar bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi.
Tadbirda talabalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, ular haqidagi ma’lumotlarni onlayn tartibda izlash, ishga joylashish masalalarida muhim savollarga mutaxassislardan javob olishdi.