Bugun shahar hokimligi Oilа va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan bitiruvchi qizlar bilan oliy ta’limga jalb etish, erta nikohni oldini olish va kasb-hunar egallashlari borasida seminar tashkil qilindi.
11- IDUM faollar zalida 4,11,18 va 20- umumta’lim maktablarining bitiruvchi qizlari bilan o‘tkazilgan seminarda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, SamDU KF olima ayollar ishtirok etdi.
Seminarda qizlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishlari, kasb-hunar egallashlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 322, 402 va 585-qarorlari doirasida berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
🔹Shuningdek, so‘zga chiqqanlar bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamiz hamda chet eldagi nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan, xalqaro tanlovlarda, sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan shahrimizdagi iqtidorli qizlar haqida ham ma’lumotlarni berib o‘tishdi.