DAVLAT BAYROĞI — MILLIY ĞURUR, ISTIQLOL VA VATANPARVARLIK RAMZI!
Bugun Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.
Unda şahar hokimi Gavhar Alimova, sektor va taşkilot rahbarlari, institut professor-öqituvçilari, talaba-yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Bayram avvalida sözga çiqqan şahar hokimi barçani uşbu qutluğ sana bilan samimiy muborakbod etib, Davlat bayroğimiz xalqimizning orzu-intilişlari, milliy qadriyatlari, ozodlik va mustaqillik ğoyalarini özida mujassam etgan muqaddas timsol ekanini ta’kidladi. Şuningdek, yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va faxr tuyğularini şakllantirişda davlat ramzlarining beqiyos ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Bayram dasturi davomida institut talabalari va professor-öqituvçilari tomonidan Davlat bayroğining yaratiliş tarixi, uning qabul qilinişi va ranglarida mujassam bölgan çuqur ma’no-mazmun haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Ayniqsa, şahar drama teatri aktyorlari tomonidan namoyiş etilgan sahna körinişi tadbirga alohida ruh bağişladi. Unda istiqlol qadri, Vatan ozodligi va milliy ramzlarimizga bölgan yuksak ehtirom ta’sirçan tarzda ifodalandi.
Kötarinki ruhda ötgan bayram tadbiri iştirokçilar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini yanada mustahkamladi.









