KATTAQÖRĞON ŞAHRIDA «MILLIY BREND» ASOSIDAGI LOYIHA AMALGA OŞIRILMOQDA

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi «Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni yanada jadallaştiriş töğrisida»gi PQ-392-sonli qarori ijrosi doirasida «drayver» loyihalarni amalga oşiriş uçun zarur infratuzilmaviy şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan manzilli dastur asosida Kattaqörğon şahrida istiqbolli loyihalardan biri — «Çinobod» mahallasi hududidan ötuvçi 4R-48 Samarqand–Juma avtomobil yölining 66–67-kilometr qismida şarq şirinliklariga ixtisoslaştirilgan «Milliy brend» savdo majmuasi taşkil etilmoqda.

Uşbu loyihaning amalga oşirilişi natijasida hududda zamonaviy savdo va xizmat körsatiş infratuzilmasi yaratilib, 50 ta yangi iş örni taşkil etiladi. Bu esa, öz navbatida, mahallada aholi bandligini ta’minlaş va tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirişga xizmat qiladi.

Kattaqörğon şahar hokimi Gavhar Alimova tegişli mas’ullar hamrohligida «Çinobod» mahallasida bölib, mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan işlarning borişini örgandi.

Şahar hokimi tadbirkorlarning yengil konstruksiyali savdo dökonlarini quriş işlarini jadallaştiriş, şuningdek, obyektlar atrofida barpo etilayotgan muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanişga topşiriş yuzasidan mas’ullarga aniq körsatmalar berdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan