MAHALLADA XAVFSIZ MUHITNI ŞAKLLANTIRIŞ — MUHIM VAZIFA

Kattaqörğon şahri mahallalarida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda xavfsiz muhitni şakllantirişga qaratilgan tizimli işlar olib borilmoqda.

Navbatdagi uçraşuv luni keça Ingiçka qörğonida ötkazilib, unda şahar hokimi Gavhar Alimova, şahar IIB boşliği Vaxob Axmedov, tegişli mas’ullar, mahalla yettiligi va aholi vakillari iştirok etdi.

Uçraşuv davomida mahallada soğlom ma’naviy-ijtimoiy muhitni mustahkamlaş, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oliş, oilaviy nizolarga barvaqt aralaşiş, muammolarni manzilli örganiş va ularga yeçim topiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv doirasida oila va turmuş doirasida sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda yuzaga kelgan nizolar böyiça IIBning 112 işonç raqamiga kelib tuşgan murojaatlar ham körib çiqildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ular yuzasidan mas’ullar iştirokida tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, mahallada xavfsiz muhitni ta’minlaş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning emas, balki mahalla faollari, mas’ul taşkilotlar va har bir fuqaroning hamjihatlikdagi harakatini talab etadi. Zero, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş, oilalarda tinçlikni asraş hamda aholi osoyiştaligini ta’minlaş avvalo muammoni erta aniqlaş va unga manzilli yeçim topişdan boşlanadi.

Tinçlik bor joyda taraqqiyot, xavfsiz muhit bor joyda farovon hayot barqaror böladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan