AJRIMLARNING OLDINI OLİŞ VA MUSTAHKAM OILALARNI QÖLLAB-QUVVATLAŞ BORASIDA DOLZARB MULOHAZALAR
Noyabr oyining «Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş va ajrim yoqasidagi oilalarni yaraştiriş oyligi» deb e’lon qilinişi munosabati bilan ötkazilgan davra suhbatida şahar hokimligi, sud, mahalla, nuroniylar va diniy soha vakillari iştirok etdi. Dastlab, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Şahlo Kuçkarova ajrim yoqasidagi oilalar bilan işlaş borasida qilingan işlar haqida söz yuritdi.
Şahar hokimi Gavhar Alimova öz sözida yaraştiruv jarayonida faqat ma’muriy usullar bilan çeklanmay, mahalla, nuroniylar va diniy ulamolar nufuzidan keng foydalaniş zarurligini qayd etdi.
Yiğiliş davomida yoş oilalarni yaraştiriş çoralarini köriş uçun mas’ullar biriktirilib, ularga amalga oşirilişi lozim bölgan işlar tuşuntirildi. Xususan, ota-onalar öz farzandlari taqdiriga befarq bölmasligiga qat’iy e’tibor qaratiş, har bir ajrim yoqasidagi oilaning pasportini tayyorlab, ularga qaysi yönalişda yondaşiş böyiça muzokaralar ötkaziş hamda har oyda bir marta monitoring qilib boriş tavsiya etildi.
Muloqot davomida imom-xatiblar va faxriylar yoş oilalarda mas’uliyat hissini oşiriş böyiça öz takliflarini bildirdilar, ajrimlarning farzandlar tarbiyasiga salbiy oqibatlari muhokama qilindi va yakunda mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.









