INGIÇKA QÖRĞONIDA INFRATUZILMA YANADA RIVOJLANMOQDA
Ravon yöllar, yoruğ va obod köçalar — aholi farovonligi va hudud taraqqiyotining muhim mezoni.
Kattaqörğon şahrida mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, içki yöllarni ta’mirlaş, piyodalar uçun qulay şaroitlar yaratiş hamda köça yoritiş tizimini takomillaştiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-sonli qarori asosida «Yangi Özbekiston qiyofasidagi» mahallalarni şakllantiriş dasturi doirasida Ingiçka qörğonidagi «Kattaqörğon» va Islom Şoir mahallalari tanlab olinib, ularni obodonlaştiriş va infratuzilmasini rivojlantiriş uçun respublika büdjetidan 10 milliard söm mablağ ajratildi.
Mazkur mablağlar hisobidan hududda 2,5 kilometr piyodalar yölagi barpo etiş, 2 kilometr içki yöllarni qurиş va ta’mirlaş, şuningdek, 284 dona zamonaviy köça yoritiş çiroqlarini örnatiş işlari amalga oşirilmoqda.
Uşbu bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari mahallalar qiyofasini tubdan yangilaş bilan birga, aholining xavfsiz va qulay harakatlanişi, munosib turmuş şaroitiga ega bölişi hamda hududning zamonaviy qiyofa kasb etişiga xizmat qilmoqda.









