SALOMATLIK POSBONLARI E’ZOZDA
Insoniyat salomatligini asraş emas — inson salomatligini asraş, jamoat salomatligini muhofaza qiliş va sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta’minlaş yölida fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining xizmati har qanday e’tirofga munosib.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Kattaqörğon şahar bölimida «Tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan taşkil etilgan bayram tadbiri ana şu fidoyi insonlarga hurmat va ehtirom ifodasi böldi.
Tadbirda şahar hokimi Gavhar Alimova, soha xodimlari hamda faxriylar iştirok etdi.
Bayram munosabati bilan sözga çiqqan şahar hokimi mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş va jamoat salomatligini muhofaza qiliş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga töxtaldi. Şuningdek, şahrimizda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlaş, yuqumli kasalliklarning oldini oliş va aholi salomatligini muhofaza qiliş yölida sidqidildan mehnat qilayotgan soha vakillariga minnatdorlik bildirdi.
Tadbir davomida öz kasbiga sadoqati, fidoyiligi va taşabbuskorligi bilan hamkasblariga örnak bölib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga şahar hokimligining Taşakkurnomalari hamda qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
Zero, inson salomatligi yölidagi har bir sa’y-harakat, har bir ezgu xizmat yuksak e’tirof va hurmatga munosib!









