IMKONİYATLAR VA QULAYLİKLAR

Davlat xizmatlari tizimini yanada takomillaştiriş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş hamda aholiga qulay şaroitlar yaratiş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning eng muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Natijada fuqarolar va tadbirkorlarning davlat idoralariga murojaat qiliş jarayonlari sezilarli darajada soddalaşib, köplab xizmatlardan masofadan turib foydalaniş imkoniyatlari kengaymoqda.

Xususan, qabul qilingan yangi tartiblarga köra, davlat organlariga fuqarolardan ayrim ortiqça hujjatlar va ma’lumotnomalarni talab qiliş qat’iyan taqiqlanib, ular «Raqamli hukumat» tizimi orqali tegişli idoralardan mustaqil ravişda olinişi yölga qöyildi. Şuningdek, elektron şaklda taqdimot qilingan ma’lumotnomalarning qoğoz şakliga töliq tenglaştirilgani fuqarolarga katta qulaylik yaratmoqda. Bundan taşqari, Davlat xizmatlari markazlarida pensionerlar, homilador ayollar hamda uç yoşga tölmagan bolasi bor şaxslarga navbatsiz xizmat körsatiş tartibi amaliyotga joriy etildi. OneID yagona identifikatsiya tizimida esa fuqarolar uçun qulaylik yaratiş maqsadida Face ID orqali biometrik identifikatsiyadan ötiş imkoniyati yaratildi.

Raqamlaştiriş jarayonlarining kengayişi natijasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali köçmas mulk va avtotransport vositalarini boşqa şaxsga ötkaziş, garovga yoki ipotekaga qöyişni taqiqlaş hamda bunday taqiqni bekor qiliş kabi muhim amaliyotlar masofadan bajariladigan böldi. Fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylaştirilganda portal orqali avtomatik tarzda xabardor qiliş borişi tizimi ham işga tuşirildi.

Eng asosiysi, 2028-yilgaçа markazlar va Yagona portal orqali körsatiladigan xizmatlar sonini 900 taga, şu jumladan proaktiv xizmatlarni 53 taga va kompozit xizmatlarni 74 taga yetkaziş belgilangan. Bu kabi keng kölamli özgarişlar inson manfaatlarini tö‘la ta’minlaş, fuqarolarning vaqti hamda mablağini tejaşga hamda davlat organlari faoliyatida şaffoflikni oşirişga xizmat qilmoqda.

A. IRISOV,
şahar Adliya bölimi DXM xodimi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan