PÖLAT IZLARDAGI MAS’ULIYAT
Kattaqörğon şahri mamlakatimizning muhim temir yöl tarmoqlaridan biri joylaşgan hudud hisoblanadi. Temir yöl şahrimiz iqtisodiyoti va aholi qatnovida muhim örin tutişi bilan birga, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişni ham talab etadi.
Bugungi kunda zamonaviy tezyurar poyezdlar harakati jadallaşgan bir paytda, temir yöl hududidagi bir lahzalik e’tiborsizlik ham fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkin. Afsuski, ayrim fuqarolar, ayniqsa, yoşlar vaqtni tejaş maqsadida temir yölni belgilanmagan joylardan kesib ötişga urinadilar. Quloqçin taqib, telefonga qarab harakatlanış esa xavfni yanada oşiradi. Şuning uçun temir yölni faqat belgilangan ötiş joylari orqali kesib ötiş lozim. Poyezdning töxtaş masofasi yuzlab metrni taşkil etişini unutmaslik kerak.
Temir yöl atrofidagi simtösiqlar va muhofaza devorlari insonlar xavfsizligini ta’minlaş uçun örnatilgan. Ularga şikast yetkaziş, olib taşlaş yoki temir yöl obyektlariga zarar yetkaziş huquqbuzarlik hisoblanadi. Transportda xavfsizlikni ta’minlaş xodimlari tomonidan bunday holatlarning oldini oliş maqsadida profilaktik tadbirlar muntazam ötkazib kelinmoqda.
Haydovçilar va piyodalar temir yöl keşişmalarida svetofor işoralari hamda şlagbaum talablariga qat’iy rioya qilişlari şart. Taqiqlovçi işorada keşişmaga kiriş yoki poyezddan özib ötişga uriniş oğir oqibatlarga sabab bölişi mumkin. Ota-onalar va pedagoglar esa bolalarga temir yöl xavfsizligi qoidalarini muntazam tuşuntirib borişlari zarur.
Temir yöl şahrimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvçi muhim infratuzilmadir. Uning xavfsizligi har birimizning mas’uliyatimizga boğliq. Qoidalarga amal qiliş orqali öz hayotimiz va yaqinlarimiz xavfsizligini asraymiz.
Unutmang: temir yölda bir lahzalik e’tiborsizlik butun umrlik puşaymonga aylanişi mumkin. Huşyor böling, qoidalarga amal qiling, hayotingizni asrang!
M. YARMUHAMMADOV,
Kattaqörğon şahar bekati huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça katta inspektor.









