IS GAZI VA YONĞIN XAVFSIZLIGI: OLDINI OLIŞ ÇORALARI MUHOKAMA QILINDI
Samarqand viloyati Qurilış va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasining kiçik majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bölim boşlığı Qahramon Quronboyev hamda viloyat hokimi örinbosari N. Rahmonov rahbarligida videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Unda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, viloyat Qurilış va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi hamda tegişli boşqarma va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
Yiğilişda is gazidan zaharlanış, gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi va yonğinlar bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş, ayniqsa, kuz-qış mavsumida aholi xonadonlari, köp kvartirali uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, gaz va elektr jihozlaridan foydalanişda belgilangan xavfsizlik qoidalariga amal qiliş, isitiş moslamalarining sozligini ta’minlaş, dudburon va şamollatiş tizimlarini muntazam tekşiriş, aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddi taşkilotlar vakillarining axborotlari tinglanib, hududlarda profilaktika va tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, xavfli holatlarning oldini oliş hamda aholi örtasida ogohlikni oşiriş yuzasidan vazifalar belgilab olindi.









