QİSH MAVSUMINI XAVFSIZ BOŞLAYLIK!

Kuz-qiş mavsumi boşlanişi bilan xonadonlar, ta’lim muassasalari, korxonalar va boşqa obyektlarda isitiş moslamalaridan foydalaniş faollaşadi. Sovuq kunlarda xonalarni isitişda peçlar, gaz va elektr isitiş qurilmalaridan foydalanişda yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etiş muhim ahamiyatga ega.

KUZ-QIŞ MAVSUMIDA YONĞIN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA AMAL QILING!

Möri va peçlarni tekşiriş: Peç va mörilarni soz holatda saqlang, qurumdan tozalang hamda yoriqlarni bartaraf eting!

Gaz uskunalaridan ehtiyot böliş: Gaz hidini sezsangiz, elektrni yoqmang, oçiq olovdan foydalanmang! Oçib, darhol 104 ga qönğiroq qiling!

Elektr tarmoqlariga ortiqça yuklama bermaslik: Bir rozetkaga bir neçta quvvatli elektr jihozlarini ulamang, nosoz simlardan foydalanmang!

Isitiş moslamalarini nazorat qiliş: Isitiş qurilmalarini tez yonuvçan buyumlardan uzoq tuting! Bolalarni nazoratsiz qoldirmang!

Özingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang! FAVQULODDA VAZIYATLAR XIZMATLARI: 101, 104

Isitiş mavsumida yonğinlarning oldini oliş uçun, avvalo, isitiş peçlari va mörilarining texnik holatini tekşiriş zarur. Mörilarni qurum va boşqa çiqindilardan tozalaş, peçlarda yoriqlar mavjudligini közdan keçiriş hamda nosoz isitiş qurilmalaridan foydalanmaslik lozim.

Gaz jihozlaridan foydalanişda ham alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Gaz uskunalarini özboşimçalik bilan ta’mirlaş yoki ularning tuzilişiga özgartiriş kiritiş mumkin emas. Agar xonada gaz hidi sezilsa, elektr jihozlarini yoqmang va öçirmang, oçiq olovdan foydalanmang. Imkon qadar xavfsiz tarzda eşik va derazalarni oçib, xonani şamollating, xavfsiz joyga çiqing hamda taşqaridan tegişli avariya xizmatiga murojaat qiling.

Elektr isitiş qurilmalaridan foydalanişda elektr tarmoğiga ortiqça yuklama tuşirmaslik kerak. Bir rozetkaga bir neçta quvvatli elektr jihozlarini ulaş, şikastlangan simlardan foydalaniş va isitiş moslamalarini nazoratsiz qoldiriş yonğin kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin.

Şuningdek, isitiş qurilmalarini pardalar, mebellar, kiyim-keçak va boşqa tez yonuvçan buyumlardan uzoqroq joylaştiriş, bolalarni yoqilgan peç va elektr isitiş moslamalari yonida nazoratsiz qoldirmaslik zarur.

Hurmatli fuqarolar! Isitiş mavsumini xavfsiz ötkaziş har birimizning mas’uliyatimizdir. Oddiy ehtiyot çoralariga amal qiliş orqali yonğinlar, zaharlanış holatlari va ularning oğir oqibatlarining oldini oliş mumkin.

Yonğin xavfsizligi qoidalariga amal qilaylik, özimiz va yaqinlarimiz hayotini asraylik!

M. ISAYEV,
şahar FVB FVPB kiçik inspektori.
S. SAMATOV,
şahar FVB FVPB katta inspektori.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan