QOĞOZDAGI BINO, HAQIQIY SAVOLLAR: YOTOQXONA QURILIŞIDAGI MILLIARDLAR
Talabalar uçun möljallangan 500 örinli turar-joy qurilişida aniqlangan holatlar qurilış sohasidagi mas’uliyat va halollik masalasini yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi. Sud hukmida qayd etilişiça, pudratçi qurilış xususiy korxonasi rahbari Ş. A. va texnik nazoratçi J. A. bajarilmagan qurilış işlarini hujjatlarda bajarilgan deb körsatiş hamda rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş bilan boğliq jinoyatlarda aybli deb topilgan. Nazorat ölçovlari davomida 5 milliard 899 million 205 ming sömlik qurilış işlari bajarilmagani yoki töliq amalga oşirilmagani aniqlangan. Bu şunçaki raqam emas — davlat mablaği, jamiyat işonçi va talabalar uçun yaratilişi lozim bölgan şaroitlar bilan boğliq jiddiy masala.
Albatta, har qanday jinoyat uçun jazo muqarrar. Sud hukmiga köra, korxona rahbari Ş. A.ga 51 million söm, texnik nazoratçi J. A.ga esa 34 million söm jarima tayinlandi. Texnik nazoratçi qöşimça ravişda bir yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilindi.
Bu holat bir haqiqatni eslatadi: qurilişdagi har bir imzo, har bir hisob-kitob va har bir söm uçun mas’uliyat bor. Qoğozda bitgan bino emas, amalda barpo etilgan inşootgina xalq işonçiga munosib böla oladi.
Ş. AZIZOV,
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti şahar bölimi boşliği.









