E’TIROF — MEHNATGA MUNOSIB RAG‘BAT
Joriy o‘quv yilida kattaqo‘rg‘onlik ustozlarning fidokorona mehnati o‘zining yuksak natijalari bilan namoyon bo‘ldi. Olimpiada, tanlov va musobaqalardagi yutuqlar, ta’lim sohasida viloyat miqyosida yuqori natijalarga erishishda ularning hissasi beqiyos.
Mehnatning e’tirofi esa insonga yanada katta kuch va ilhom bag‘ishlaydi. Bu yil 4 nafar ustozimiz ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, 2-maktab direktori Zamira Isanova — «Xalq ta’limi fidoyisi», 2-maktab ingliz tili fani o‘qituvchisi Bahrom Aliyev, 4-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shoira Safarova hamda 17-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahodat Hakimova — «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Ayniqsa, «Yil o‘qituvchisi» respublika tanlovida 17-maktab o‘qituvchisi Gulbahor Ibragimovaning faxrli 1-o‘rinni egallab, 616 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘lgani Kattaqo‘rg‘on ustozlarining salohiyati va mehnatiga berilgan yuksak e’tirof bo‘ldi.
Barcha ustozlarimizni munosib taqdirlanganlari bilan samimiy muborakbod etamiz!






