MUSTAHKAM OILA – FAROVON JAMIYAT POYDEVORI
Kattaqoʻrgʻon shahrida oilalar barqarorligini taʼminlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ajrimlarning oldini olish borasida tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda.
ShaharOila va xotin-qizlar bo’limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan Oila maskanida oilaviy nizolarni bartaraf etish, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida muntazam uchrashuvlar, suhbatlar va maslahatlar tashkil etilmoqda.
Ayniqsa, «Jamoatchilik ovozi» guruhi aʼzolari tomonidan xonadonbay ishlash tizimi asosida manzilli tashriflar amalga oshirilib, oilalardagi muammolar joyida oʻrganilmoqda. Mutaxassislar er-xotin oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, yosh oilalarga esa «Oila muqaddas» degan ezgu gʻoyani hayotiy misollar orqali singdirish borasida samarali targʻibot ishlarini olib bormoqda.
Ushbu ezgu saʼy-harakatlar natijasida ko‘plab oilalarda totuvlik va ahillik tiklanib, farzandlar manfaatlari himoya qilinmoqda. «Jamoatchilik ovozi» guruhi aʼzolari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oilalarni yarashtirishga erishilib, kelinlarni oʻz uyiga olib borib qoʻyilmoqda.






