MADANIYAT VA SANʼAT YОSHLAR NIGOHIDA

Prezidentimizning “Madaniyat va sanʼat sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish borasida Kattaqo‘rg‘on shahrida ham bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahar Madaniyat bo‘limida bo‘lib, muassasada yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shahar hokimi tashrif davomida yoshlarning sanʼat va madaniyat sirlarini egallashlari uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonlari bilan qiziqib, sanʼatkorlar va iqtidorli yoshlarning ijodlaridan bahramand bo‘ldi.

Muloqot chog‘ida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar faoliyatini yana-da takomillashtirish hamda sanʼatga qiziquvchi o‘g‘il-qizlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan