Yosh avlod kelajagimiz egalari

Shahrimizdagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti” loyihasi doirasida hamda «Ozbekiston mening Vatanim» mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida bog‘chada bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ularning har tomonlama sog‘lom va bilimli bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganligi yuqori baholandi.

Shuningdek, «Ozbekiston mening Vatanim»mavzusidagi chiqishlar tarbiyalanuvchilar qalbida Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim qadam bo‘lgani qayd etildi.

Ishtirokchilar bu kabi sa’y-harakatlar yosh avlodni barkamollikda voyaga yetkazishda ulkan ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab, ilg‘or ish tajribalari yuzasidan fikr almashdilar. Farzandlarimiz — baxtli kelajagimiz davomchilaridir!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan