Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari targ‘ib qilindi

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida ma’naviyat targ‘ibotchilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiridagi ma’ruzalarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati hamda yangi taraqqiyot bosqichining asosiy maqsadlari haqida atroflicha fikr yuritildi.

Targ‘ibot tadbirida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti Sharif Umurov, Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Abror Jumayev , “Yuksalish” harakati Samarqand viloyati bo‘limi rahbari o‘rinbosari, viloyat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Nodir Kudratovlar ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros”, “Inson qadri – 35 yillik islohotlarning o‘lchovi: erkinlik, bilim, sog‘liq va yoshlar”, “Milliy yuksalish o‘n yilligi: yetti milliy dastur yaxlit tizim sifatida” mavzularida mazmunli ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, milliy o‘zlikni anglash, inson qadrini ulug‘lash, yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamiyat taraqqiyotida har bir fuqaroning mas’uliyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzular yuzasidan fikr va mulohazalar almashdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan