Kattaqo‘rg‘on shahrida inklyuziv ta’lim holati o‘rganildi

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniyev hamda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Bekova tomonidan shahardagi inklyuziv ta’lim joriy etilgan umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktablarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, inklyuziv sinflarning faoliyati, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, inklyuziv ta’lim jarayonida faoliyat yuritayotgan pedagoglar bilan suhbatlashilib, mavjud imkoniyatlar, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud shart-sharoitlarni takomillashtirish hamda o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan